Germaniyalik shifokorlar: Navalniy uzoq vaqt davolanishi mumkin 

Germaniyalik shifokorlar: Navalniy uzoq vaqt davolanishi mumkin 

Rossiya hukumati va Putinning ashaddiy tanqidchisi bo‘lgan Aleksey Navalniy og‘ir ahvolga tushib kasalxonaga olib kelinganidan xabaringiz bor. Ayni paytda Berlinda davonalayotgan Navalniy reanimasiya bo‘limida qolmoqda.

Uni davolayotgan nemis shifokorlarining aytishicha, Navalniyning zaharlanishidan keyin uning sog‘ligidagi uzoq muddatli kasallik asoratlari qanday bo‘lishini taxmin qilish hozircha imkonsiz.

“Aleksey Navalniyning sog‘ligi hamon og‘irligicha qolmoqda. Uning uzoq muddat davolanishi kutilmoqda. Ancha vaqt o‘tganidan keyin uning sog‘ligida mazkur zaharlanishning qaysi asoratlari yuzaga kelishi mumkinligini aytishning hozirda iloji yo‘q” deb yozdi Berlindagi Sharite kasalxonasi o‘zining "Tvitter" sahifasiga.

Bundan avval Germaniya hukumatining matbuot kotibi Navalniy «Novichok» bilan zaharlangani haqida ma’lum qilgandi. Bunday zaharlash usulidan sovet davrida foydalanilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!