Germaniyadan qaytib qatag‘onga uchragan yoshlar

A A A
Germaniyadan qaytib qatag‘onga uchragan yoshlar

Berdi meni o‘choqlarga yoqsin deb,
Yonishimni nodon qolmay ko‘rsin deb,
Ziyorat deb mozorotda yotdilar,
Toshdek bo‘lib jaholatda qotdilar.
Yig‘lab dedim o‘tganlarni yod aylab,
O‘zbekdagi kamchilikdan dod aylab,
Endi fig‘on ayla, turg‘iz o‘zbekni,
O‘rgat unga dengiz ichra suzmakni.

Tikon, 1923 yil

O‘zbekistonda 31 avgust Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni etib belgilangan. Bi-bi-si Toshkentdagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi Bahrom Irzayevning 1920-yillarda xorijda ta’lim olgan o‘zbek yoshlari va ularni vatanda kutgan qatag‘onlar haqidagi maqolalarini e’tiboringizga havola etadi.

Germaniyada tahsil olgan o‘zbekistonlik talabalarning umumiy soni yuzga yaqin bo‘lgani holda bugun ularning 15 nafarga yaqini haqidagina axborot yurtdoshlarimizga yetkazilgan.

Ularning nafaqat qatag‘on etilishi va fojiali qismatlari bilan bog‘liq jarayonni tadqiq etish, balki ilmiy-ijodiy merosini to‘plash, Yevropa va mahalliy matbuot sahifalaridagi maqolalari, tarjimalari, ular tomonidan yaratilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarini jamlash, hamda ularning O‘zbekiston ilm-fani, sanoati va qishloq xo‘jaligini bunyod etishdagi hissalarini o‘rganish o‘ta muhim.

O‘tgan asrning 20-yillarida Turor Risqulov, Fayzulla Xo‘jayev, Munavvar qori Abdurashdxonov, Ubaydullo Xo‘jayev, Fitrat singari xalqimizning fidoiy farzandlari Turkistonning istiqloli yo‘lida beomon kurashga bosh qo‘shgan edilar.

Ular avvalo o‘lkani asriy qoloqlik botqog‘idan qutqarish va chor mustamlakachiligi davrida yo‘l qo‘yilgan iqtisodiy va madaniy tanazzulga chek qo‘yishga intildilar.

Bu yo‘lda mavjud imkoniyatlarning barchasi ishga solindi va milliy kadrlar tayyorlash ishiga alohida e’tibor qaratildi. Turkiston taraqqiyparvarlari birinchi navbatda, G‘arbiy Yevropada eng taraqqiy etgan mamlakati - Germaniya erishgan yutuq va tajribalarni o‘rganish zarur, deb hisobladilar.

Buning uchun avvalo mahalliy yoshlarni Germaniyaga, shuningdek, Sharq va G‘arbdagi boshqa ilg‘or mamlakatlarga yuborish, ular yordamida bu mamlakatlarda erishilgan ilmiy-texnik yutuq va tajribalar bilan tanishish lozim edi.

Bu favqulodda muhim va murakkab loyihani amalga oshirish uchun esa, birinchidan, mablag‘ topish, ikkinchidan, iste’dodli yosh yigit va qizlarni tanlash, uchinchidan, bu yigit va qizlarning ota-onalaridan ruxsat olish lozim edi.

Turkistondan turli yo‘llar bilan xorijga talabalar yuborish harakatlari boshlandi. Dastavval, 1921 yil 23 aprelda Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbek ilmiy komissiyasi majlisida o‘zbeklardan xorijga talabalar yuborish masalasi muhokama qilinadi. O‘zbek ilmiy komissiyasi yig‘ilishida Turkistonning eng qobiliyatli yoshlardan hech bo‘lmasa 10 nafarini xorijga o‘qishga masalasini hukumat oldiga qo‘yish taklif qilinadi.

Xorijga talabalar yuborish harakati keyinroq Buxoro Xalq Sovet Respublikasi rahbarlari Fayzulla Xo‘jayev, maorif noziri Fitrat tomonidan yanada kengroq qo‘yila boshlandi. Ular hatto bu borada Turkiston Avtonom Sovet Respublikasiga ham yordam ko‘rsatishadi.

Shunday qilib, Turkiston va Buxorodan 1922 yil oxirlarida 70 dan ortiq turli yoshdagi mahalliy yosh yigit va qizlar Germaniyaning turli shaharlaridagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga qishloq xo‘jaligi, tekstil sanoati, kimyo, elektrotexnika, konchilik, falsafa, pedagogika, tibbiyot va boshqa muhim sohalar bo‘yicha o‘qishga yuborildi.

Fitrat talabalarni Germaniyada yaxshi o‘qishga, kelgusida o‘z yurtlariga yaxshi mutaxassis bo‘lib qaytish va uning istiqboli uchun fidoiy vatanparvar sifatida xizmat qilishga da’vat qiladi.

Germaniyaga borganlarning 16 tasi Turkistondan, 56 tasi Buxorodan, 2 nafari Xorazmdan edi.

Buxoro hukumati tomonida shu maqsadda 125 ming dollar pul, qorako‘l terilar yuboradi va bu talabalarning 1924 yilgacha yashashiga yetdi.

Shuningdek, Berlinda V.Geysbergstrit ko‘chasidagi, 39 uyni ham sotib oladi va u turkistonlik talabalar uyiga aylantiriladi.

Umuman, 1922 yilning oxiriga qadar 200 ga yaqin Turkistonlik talaba turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv muassasalariga yuborildi. Ulardan 25 nafari Turkiyaga, 25 nafari Ozarbayjonga, 50 nafari Moskvaga, 74 nafari Germaniyaga tahsil olish uchun yo‘llandilar.

O‘z davrida Shokir Sulaymonning “Turkiston” gazetasida chop etilgan maqolasida Yevropaning birgina mamlakati Germaniyada 10000 nafar rus, 4000 nafar yapon, 2000 nafar usmonli turk, 200 nafar misrlik, 500 nafar hindistonlik, 200 nafar arab, 500 nafar eronlik, 500 nafar afg‘on yoshlari ta’lim olgani holda butun Turkistondan 70 talabaning ilm olishini o‘ta kam deb hisoblaydi.

“Yaqinda Berlinda o‘quvchi bir o‘rtog‘imizdan kelgan xatda faqat Germaniyada o‘quvchi boshqa mamlakat bolalarini quyidagicha ko‘rsatadirki, biz o‘z sonimizg‘a qarab uyalsoq, qizorsoq bo‘ladir”, - deb yozadi u.

Albatta, bu davrda Germaniyada talabalar 70 tadan ancha ortiq bo‘lgan. Chunki, bu davrda Toshkentda tuzilgan “Ko‘mak” tashkiloti tomonidan ham bir qancha talabalar Germaniyaga yo‘llanganlar.

Bundan tashqari bir guruh o‘quvchilar esa o‘z ixtiyorlari asosida ota-onalarining himmati bilan o‘qishga borganlar. Ulardan biri 1920 yil Turkiyaga borib, u yerdan oliy ta’lim olish uchun Germaniyaga borgan Rauf Rasuliy edi.

Xorijiy ta’lim tarafdorlari bu talabalarning vatan iqtisodi uchun qanchalar manfaatli ekanini urg‘ulaganlar.

“Harakat qilib kelg‘usi yillarda Ovruponing har burchagiga 70 minglab talabalar yuborishimiz kerakdir. Bizning tabiiy boyligimizni chetlar emas, o‘zimiz ishlatishimiz kerak va bu yilda har kim maslahat qilsun, o‘ylasun. Har bir maslahat, o‘ylashning natijasi bolalarimizni chetga yuborib o‘qitish bo‘lsun”, - deb yozgandi Salimxon Tillaxoniy 1923 yilda.

Qatag‘on

Bolsheviklar hukumati tomonidan Germaniyada tahsil olayotgan Turkistonlik o‘quvchilarga nisbatan ishonchsizlik yildan yilga ortib bordi.

Talabalarni hali o‘qishini tamomlamasdan turli xil bahonalar bilan SSSRga qaytarish boshlanadi.

Shu maqsadda ularning faoliyatiga nazorat kuchaytirilib, tazyiq ko‘rinishini oladi.

Bu esa talabalarning haqli noroziligiga olib keldi va ularning bir qismi SSSRga qaytishning o‘zlari uchun xavfli bo‘lishi mumkinligini anglab qoladilar. Ayniqsa, 1925 yilda Germaniyada bo‘lgan O‘rta Osiyo davlat universiteti rektori Meyersonning talabalarni SSSRga qaytarish to‘g‘risidagi talabi Olimjon Idrisiy va talabalarning jiddiy qarshiligiga uchradi.

Natijada Meyerson SSSRga qaytgach, Germaniyada kelajakda sovetlar mamlakati uchun katta xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan aksilsovet va aksilinqilobiy kuchlar shakllanayotganiga hammani ishontirishga intiladi.

Germaniyaga Turkiston hukumati tomonidan yuborilgan Turor Risqulov, Ohunjon Xolmuhammedov, Muhiddin Qoriyoqubov, Majid Qodiriy, Abdulla Rahimbayev va Nabijon Qodirov vaziyatni yumshatishga intiladilar.

Biroq, GPU (Gosudarstvennoye politicheskoye upravleniYE) tashkiloti bu yo‘nalishda ham izchil qirg‘inni boshlab yubordi. 1929 yil Abduvahob Murodiy va Badri Sayfulmulklar alohida-alohida qamoqqa olinib mahv etildi.

1932 yil O‘rta Osiyo davlat universitetida dars beruvchi Germaniyada tahsil olib qaytgan Aziz Alixo‘jayev ustidan ish ochiladi. 1938 yilning 4-9 oktyabr kunlari esa O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan ilgari Germaniyada tahsil ko‘rgan talabalarning barchasi “josus” sifatida otuvga hukm etildi.

Vaholanki ular Germaniyaga yo‘l olganlarida deyarli ko‘pchiligi go‘dak edilar, jumladan, Buxorodan Germaniyada o‘qish uchun yuborilgan 44 nafar o‘quvchi va talabalarning 5 nafari 20-24 yosh oralig‘ida, 9 nafari 17-19 yosh oralig‘ida, 14 nafari 13-16 yoshlarda, 15 tasi 11-12 yoshda, 1 tasi 10 yoshda bo‘lgan.

Kelgusi maqolalarimizda bu o‘zboshli va erkin miyali yigit-qizlar va bolalar haqida alohida hikoyalarni sizga taqdim etamiz.

Nega Behbudiy o‘gitlari 100 yildan keyin ham dolzarb?

Zarvaraqlar: Buyuk Fitrat nigohi

Bahrom Irzayev

Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi katta ilmiy xodimi

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

«Real» ichidagi «sotqin» topildi

«Реал» президенти Флорентино Перес клуб ичидаги сирларни ташқарига чиқарган — Федерико Вальверде ва Орельен Тчуамени ўртасидаги низо ҳақидаги маълумотни матбуотга сиздирган шахс топилганини маълум қилди.

Endi Toshkent viloyati yo‘llarida “Damas” harakati cheklanadi

“Damas”лар сонининг кўплиги яхши, лекин улар тирбандлик келтириб чиқармоқда”, — деди Тошкент вилояти ҳокими Зоир Мирзаев.

Bahodir Jalolov professional boksdagi 18-g‘alabasini tantana qildi (VIDEO)

Англиянинг Манчестер шаҳри мезбонлик қилаган профессионал бокс оқшомида ўзбекистонлик оғир вазнли чарм қўлқоп устаси Баҳодир Жалолов навбатдаги жангини ўтказди.

Oltin konining qulashi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Anadolu Ajansi агентлиги хабар берди.

Germaniya aholisi Erondagi urush sababli shaxsiy avtomobillardan voz kechmoqda

Verivox портали буюртмасига асосан ўтказилган сўровномада иштирок этганларнинг 48 фоизи шундай фикр билдирган.

Denovda kurash musobaqasida polvon pichoqlab o‘ldirildi

Шифокорлар кўрсатган ёрдамга қарамай, у шифохонада вафот этган.

Eron rasmiylari Ho‘rmuz bo‘g‘ozini nazorat qilish uchun yuzlab katerlardan iborat "chivinlar floti"dan foydalanmoqda

Нашрнинг ёзишича, бу "чивинлар флоти" Теҳроннинг энг фаол устки денгиз кучи ҳисобланади.

Ronaldu shokda! “An-Nasr” darvozaboni o‘ziga gol urib, chempionlikni ortga surdi

Саудия Арабистони Профессионал лигасининг 32-туридан ўрин олган учрашувда биринчи ўринда бораётган “Ан-Наср” энг яқин таъқибчиси “Ал-Ҳилол”ни қабул қилди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi

Ҳукуматнинг тегишли қарори (243-сон, 15.05.2026 й.) билан 2026 йил 1 июндан электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Xitoy rahbari Tramp bilan uchrashuv natijalarini e’lon qildi

ХХР раҳбари Си Цзиньпин Хитой ва АҚШ савдо-иқтисодий муносабатларда барқарорликни сақлаб қолишга келишиб олганини маълум қилди.

Eron terma jamoasi Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin

Бу ҳақда RMC Sport нашри хабар берди.

Tramp: "Agar Eron kelishuvdan voz kechsa, u yo‘q qilinadi"

Трамп бу позицияни Fox News телеканалига берган интервьюсида билдирган.

Tramp: "Eronga qarshi harbiy operasiyalar davom etadi"

Бу Оқ уй раҳбари баёнотни Truth Social ижтимоий тармоқ саҳифасида эълон қилди.

Zelenskiyning «o‘ng qo‘li» — Andrey Yermak qamoqqa olindi

Украина Олий аксилкоррупция суди Президент офисининг собиқ раҳбари Андрей Ермакни қамоққа олиш ҳақида қарор чиқарди. Суд жараёнида унинг фолбин билан маслаҳатлашгани ҳақида ҳам сўз борди.

Gaitida qurolli to‘dalar to‘qnashuvi: 5 mingdan ortiq odam uy-joysiz qoldi

Гаитида қуролли тўдалар ўртасидаги шиддатли тўқнашувлар оқибатида сўнгги уч кун ичида қарийб 5300 киши ўз уйини тарк этишга мажбур бўлди.

«Nakba»ning 78 yilligi: halok bo‘lganlar soni 50 foizga oshdi, vayronagarchilik esa bir necha barobar kuchaydi

78 йил аввал содир бўлган «Буюк фожеа» — «Накба»дан кейин фаластинликлар яна ўша азобларни бошдан кечирмоқда, аммо бу сафар анча кенг кўламда.

Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Эвазига 1500 АҚШ доллари олган вақтида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан ашёвий далиллар билан ушланди.

Migrasiya agentligining sobiq mulozimi xalqaro qidiruvga berildi

35 ёшли Азизбек Тоштемировнинг исми «қизил билдиришномалар» рўйхатида ва у фирибгарликда гумонланмоқда.

“Volvo” g‘ildiraklari orasidan qariyb 20 kg narkotik olindi

Шунингдек, ушбу ноқонуний ишга буюртмачи шахснинг 1980 й.т. отаси ҳам алоқадор эканлиги аниқланиб, у ҳам процессуал тартибда ушланди.

Zelenskiyni ag‘darish rejasi fosh bo‘ldi

Британиялик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркуриснинг YouTube каналидаги баёнотига кўра, Украина президенти Владимир Зеленскийга қарши сиёсий босим ортиб бораётгани уни лавозимдан четлатиш режасининг бир қисми бўлиши мумкин.

Nega qo‘shni davlatdagi ziyolilar O‘zbekistonga havas qilmoqda? Xalq shoirining «Riyosiz so‘zlar»i

Ҳақиқий ёзувчи-шоирлар ҳақиқатни ёзишни хуш кўрадилар. Улар ­­­– Ватанпарвар. Ҳар ҳолда Ўзбекистонда худди шундай. Ватаннинг гуллаб-яшнаши, ижобий ўзгаришлар ҳар бир фуқаронинг ҳаётини юксалтиришг сари қўйилган қадам эканлигини теран ҳис қиладилар, кайфиятилари кўтарилади. Худога минг шукурким, бу ўзгаришлар ҳар соатда, ҳар кун рўй бериб турибди.

Navoiyda 40 mln so‘m evaziga kuyovini o‘ldirishga qotillar yollagan ayol ushlandi

Аёл видеони қабул қилиб олгач, келишилган маблағдан 2,3 миллион сўмни ёлланган шахсларнинг карталарига ўтказган.

Chirchiq daryosida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Кучли ёғингарчилик сабаб сув сатҳи кескин кўтарилиб, унинг қирғоққа хавфсиз қайтиши имконсиз бўлиб қолган.

Fransiyada ukrainalik asirlarni qiynoqqa solishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Гумонланувчи 2021 йилда Украинадаги терговдан қочиб, Францияда қочқин мақомини олишга уринган.

Qatar yaqinida yuk kemasi noma’lum snaryad bilan urildi

Ҳозирда ҳукумат снаряд манбасини ўрганмоқда. Ҳудуддаги кемаларга эҳтиёткорлик билан ҳаракатланиш тавсия этилди.

Pokistonda avtomobil portladi: Qurbonlar polisiyachilar

Шунингдек, омон қолган уч нафар ҳарбий хизматчи топилиб, шифохонага етказилган.

Hantavirus aniqlangan kruiz kemasi yo‘lovchilari Ispaniyaning Tenerife oroliga kelgach, izolyasiya qilingan holda evakuasiya qilinadi— The Guardian

Хабарларга кўра, круиз лайнери якшанба, 10 май куни Канар оролларига етиб келади.

YUNESKO bilan Markaziy Osiyo muzliklarini himoya qilish borasida hamkorlik o‘rnatildi

Остонада бўлиб ўтган Минтақавий экологик саммитда ЮНЕСКО ва Гидрометеорология илмий-тадқиқот институти ҳамкорлигида Марказий Осиё мамлакатларининг иқлим ўзгаришларига барқарорлигини мустаҳкамлашга қаратилган йирик минтақавий лойиҳа расман ишга туширилди.

Xitoy sobiq mudofaa vazirlariga shartli o‘lim jazosi berdi

Хитой ҳукумати коррупция ва лавозим ваколатларини суиистеъмол қилишда айбланган икки нафар собиқ мудофаа вазирига шартли ўлим жазоси тайинланганини эълон қилди.

Eron AQSh taklifiga hali javob bermadi — Tehron hujjatni o‘rganmoqda

Бу ҳақда Эрон Ташқи ишлар вазирлиги вакили Исмоил Бағоий маълум қилди.

Latviyada Rossiyadan uchib o‘tgan ikkita dron qulab tushdi, ulardan biri neft omboriga zarar yetkazdi

7 май кечаси ҳаво ҳудудига эҳтимолий таҳдид ҳақидаги хабарни Резекне шаҳри, шунингдек, Резекне, Балви ва Лудза ўлкалари аҳолиси олган

Tramp Eron bilan muzokaralarni AQShda o‘tkazishni taklif qildi

Дональд Трамп Эрон билан музокараларни АҚШ ҳудудида ўтказишни таклиф қилди.

Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi

1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.