Germaniyadagi harbiy baza qo‘poruvchilik gumoni tufayli yopildi

Germaniyadagi harbiy baza qo‘poruvchilik gumoni tufayli yopildi

Germaniyadagi Keln-Van harbiy havo bazasi qo‘poruvchilik gumoni tufayli bir muddat yopildi.

Germaniya Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Arne Kollats Berlindagi matbuot anjumanida Keln-Van bazasi ruxsatsiz kirish tufayli yopilganini aytdi. «Sabotajga ham shubha bor», dedi u.

Kollatsning so‘zlariga ko‘ra, tegishli idoralar voqea yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.

Bundesver matbuot kotibi Ulrich Vonrobert ham Keln-Van harbiy aviabazasida bayonot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, chorshanbaga o‘tar kechasi suv taqsimlash punktiga olib boruvchi panjarada bo‘shliq aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!