Germaniyada pandemiya boshlangandan beri minglab tomoshabinlar ishtirokidagi birinchi konsert bo‘lib o‘tadi

Germaniyada pandemiya boshlangandan beri minglab tomoshabinlar ishtirokidagi birinchi konsert bo‘lib o‘tadi

Germaniyada COVID-19 koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri minglab tomoshabinlar ishtirokidagi birinchi konsert 4 sentyabr kuni Dyusseldorfda o‘tkazilishi rejalashtirilgan, deya xabar beradi Interfaks.

Konsertni stadionda o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, unda 13 ming tomoshabin qatnashadi.

"Biz tomoshabinlar g‘ayratli bo‘lishiga, mas’uliyat va bag‘rikenglikni namoyon etishlariga ishonamiz", deydi Live Nation reklama agentligi rahbari Marek Liberberg.

Ta’kidlanishicha, pandemiya boshlangandan beri minglab tomoshabinlar ishtirokidagi birinchi konsert davomida o‘rindiqlar orasidagi masofa 1,5 metrni tashkil qiladi, tomoshabinlar butun vaqt davomida niqob taqishlari kerak bo‘ladi.

Konsert taxminan ikki yarim soat davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!