Germaniya AQShning gazini sotib olmoqchi emas

Germaniya AQShning gazini sotib olmoqchi emas

Germaniya Amerikaning suyultirilgan tabiiy gazini xarid qilishdan voz kechadi. Bu haqda Handelsblatt xabar bermoqda.

Nashrning aniqlik kiritishicha, Germaniyada Amerika gazini olish uchun kerakli infratuzilmasi yo‘q. Bundan tashqari, Germaniya 2050 yilgacha energiyaning uglerod manbalaridan butunlay voz kechmoqchi.

Shuningdek, nashrdan ta’kidlashlaricha, Rossiyaning Germaniya energetika ehtiyojlarini ta’minlashdagi ulushi atigi 6 foizga teng.

«Germaniya ancha vaqt avval hech qanday gaz manbasiga qaram emasligini ko‘rsatib qo‘ygan», - deya ta’kidlab o‘tishgan Handelsblatt’dan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!