G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar qachon bo‘lib o‘tishi malum bo‘ldi

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar qachon bo‘lib o‘tishi malum bo‘ldi

MQM strategik aloqalar koordinatori Jon Kirbining aytishicha, G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar 15 avgust, payshanba kuni Doha yoki Qohirada bo‘lib o‘tadi.

Telekonferensiya orqali uyushtirilgan matbuot brifingida Oq uy maslahatchisi G‘azoda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘t ochishni to‘xtatish jarayoni bilan bog‘liq so‘nggi vaziyatni baholadi.

Kirbi, AQSH, Misr va Qatarning qo‘shma bayonotidan so‘ng tomonlar harakatga kelganini va imkon qadar tezroq uchrashish istagini bildirdi.

Shu doirada tomonlar 15 avgust payshanba kuni Qatar poytaxti Doha yoki Misr poytaxti Qohirada uchrashishga kelishib olganligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil muzokaralarga delegasiya yuborishini e’lon qilgan, Qatar esa «Hamas delegasiyaning kelishini ta’minlashga» va’da bergan.

«Umid qilamizki, bu foydali natijalar beradi. Payshanba kuni tomonlarning muzokara stolidagi rejalarini hech narsa buzishini istamaymiz», deb aytgan Kirbi, uchrashuvda AQSh ham ishtirok etishini aytdi. Tez orada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish zarurligini ta’kidladi.

Juma kuni e’lon qilingan qo‘shma bayonotda Qo‘shma Shtatlar, Misr va Qatar Isroil va HAMASni 15 avgust kuni G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va Qohira yoki Dohada mahbuslar almashinuvi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga chaqirdi. Qo‘shma bayonot mintaqadagi ko‘plab davlatlar, jumladan Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!