“G‘arbiy Quyi Surgil” koniga qarashli quduqning 4154 metr tubidan yangi tabiiy gaz oqimi topildi

“G‘arbiy Quyi Surgil” koniga qarashli quduqning 4154 metr tubidan yangi tabiiy gaz oqimi topildi

2021 yilda ochilgan “G‘arbiy Quyi Surgil” konidagi 2-sonli izlov qudug‘ida 4198 metr chuqurlikkacha amalga oshirilgan burg‘ilash ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Olib borilgan bir qator tahlillar natijasida, joriy yilning 12 iyunida ushbu quduq tubidagi 4154-4059 metr oraliqlarda aniqlangan quyi yura qatlamlarini mahsuldorlikka sinash natijasida tabiiy gazning sanoat ahamiyatiga ega oqimlarini olishga erishildi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi quduqdan olinayotgan mahsulotning hajmi kunlik 700-800 ming kub metrni tashkil qilmoqda. Yakuniy raqamlarga esa hozirda tegishli tadqiqot institutlari tomonidan olib borilayotgan tahlillar natijasida aniqlik kiritiladi.

“G‘arbiy Quyi Surgil” konining hozirda mavjud uglevodorod xom ashyosi resurslari 7,5 mlrd kub metr tabiiy gaz hamda 265 ming tonna gazkondensati mahsulotlarini tashkil qiladi.

Hozirda “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ushbu kondagi ishlarni amalga oshirishda Davlat geologiya qo‘mitasi va uning tarkibidagi tashkilotlar hamda “Ustyurt qidiruv burg‘ilash boshqarmasi”ning yosh va malakali kadrlardan iborat mahalliy tashkilotlar bilan yo‘lga qo‘yilgan.

“O‘zbekneftgaz” AJ mutaxassislari tomonidan keyingi yangi quduqni burg‘ilash nuqtasini aniqlash bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Yuqorida qayd etilganlardan tashqari “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan Ustyurt regionida neft va gaz geologiya qidiruv ishlarini kengaytirish va jadallashtirish, yangi maydonlarni aniqlash hamda 4500 metrdan ortiq chuqurliklarda joylashgan istiqbollarni o‘zlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan Respublikaning istiqbolli hududlarida yangi konlarni ochish hamda uglevodorod zahiralarini ko‘paytirishga qaratilgan neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!