G‘arbiy Afrikadagi suv toshqinlari oqibatida 70 dan ortiq odam halok bo‘ldi

G‘arbiy Afrikadagi suv toshqinlari oqibatida 70 dan ortiq odam halok bo‘ldi

G‘arbiy va Markaziy Afrikada kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari 700 ga yaqin odamni jabr ko‘rdi, 72 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Tchadinfos portali BMT ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

"Tabiiy ofatdan 700 mingdan ortiq odam jabr ko‘rdi, 72 kishi halok bo‘ldi, yana 699 kishi jarohatlandi. 62 ming turar-joy binosi vayron bo‘ldi. Gap Gvineya, Kongo Demokratik Respublikasi, Kot-d’Ivuar, Liberiya, Mali, Nigeriya, Togo, Chad davlatlari haqida ketmoqda", - deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p Chad jabr ko‘rgan – u yerdagi suv toshqinlari 240 mingdan ortiq odamga zarar yetkazgan. Tabiiy ofat nafaqat uylarni, balki oziq-ovqat ekinlarini ham vayron qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!