G‘arb rus neftiga qo‘yilgan ayrim taqiqlarni yumshatdi

G‘arb rus neftiga qo‘yilgan ayrim taqiqlarni yumshatdi

G‘arb narxlarning yanada oshib ketishi xavfi fonida Rossiya neftiga qarshi cheklov joriy etishdan tiyilib turibdi. Bu haqda Financial Times xabar berdi, deya yozmoqda "Zamon.uz"

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, yevropaliklar Rossiya neftining xalqaro eksportiga qo‘yilgan ayrim taqiqlarni bekor qilgan. Bundan tashqari, Moskvaning Lloyd's of London sug‘urta bozoriga kirishini cheklovchi reja ortga surilgan.

Shuningdek, Buyuk Britaniyaning YEIning rus neftini tashiydigan xalqaro kemalarni sug‘urta qilishni to‘xtatishni nazarda tutadigan sanksiyalariga qo‘shilmagani aytilmoqda. AQSh ham to‘laqonli taqiqlarga qarshi chiqmoqda, bunga sabab Vashington neft narxining keskin oshishidan xavotirda.

“Iyul oxirida Bryussel global energetika xavfsizligi bo‘yicha xavotirlarni inobatga olib, Rossiya davlat kompaniyalariga qo‘yilgan cheklovlarni o‘zgartirdi”, – deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!