Ganz: Netanyaxu urushni eplay olmayapti
Harbiy vazirlar mahkamasining sobiq a’zosi va muxolifatdagi Milliy birlik partiyasi rahbari Benni Ganz isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va uning kabineti G‘azoda davom etayotgan urush sharoitida o‘z vazifalarini bajara olmayotganini aytdi.
Netanyaxu va mudofaa vaziri Yoav Galant o‘rtasidagi so‘nggi mojaroga izoh berar ekan, Ganz ularning kelishmovchiligi mamlakat manfaatlariga xizmat qilmasligini ta’kidladi.
Ganzning so‘zlariga ko‘ra, Netanyaxu hukumati o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erisha olmayapti: HAMAS ustidan «mutlaq g‘alaba» va G‘azodan isroillik asirlarni qaytarish. U mahbuslarni ozod qilish uchun falastinliklar bilan muzokaralarni qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)