Galaxy A22 - eng arzon 5G smartfon taqdim etildi

Galaxy A22 - eng arzon 5G smartfon taqdim etildi

Samsung kompaniyasi 5G tarmog‘ida ishlaydigan Galaxy A22 smartfoni taqdimotini o‘tkazdi.

Qurilma 6,6 dyuymli IPS-ekran, MediaTek Dimensity 700 prosessori, 4 gigabayt tezkor va 64 gigabayt doimiy xotira bilan jihozlangan. Devays 48, 5 va 2 megapikselli uchta kamera, daktiloskopik sensor, 5000 milliamper-soat hajmli akkumulyatorga ega.

Smartfonga Android 11 operasion tizimi o‘rnatilgan. Ma’lumot berilishicha, Galaxy A22 eng arzon 5G smartfon hisoblanadi. Yevropada uning 64 gigabaytli versiyasi 229 yevro, 128 gigabaytli versiyasi esa 249 yevro turadi.

Samsung, shuningdek, smartfonning 4G tarmog‘ida ishlaydigan soddalashtirilgan versiyasini ham taqdim qildi. U 6,4 dyuymli OLED-ekran va MediaTek Helio G80 prosessori bilan jihozlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!