G7 tashqi ishlar vazirlari Tokioda uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldi

Nyu-Yorkdagi muzokaralarda G7 mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari 7-8 noyabr kunlari Tokioda uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldilar.
Bu haqda Yaponiya tashqi ishlar vazirligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Katta yettilik tashqi ishlar vazirlarining muzokaralarida Yaponiya G7 tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi yig‘ilishi 7-8 noyabr kunlari Yaponiyada bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi”, — deyiladi xabarda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)