FVV 26-28 iyun kunlari sel xavfidan ogohlantirdi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi sel xavfi haqida ogohlantirish berdi.
Qayd etilishicha, 2020 yilning 26-28 iyun kunlari respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.
“Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholi diqqatiga!
Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, noxush holatlar yuzaga kelganda, FVVning 1050 raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, - deyiladi ma’lumotda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)