Fransuz ishbilarmonlar delegasiyasi O‘zbekistonga keladi

Fransuz ishbilarmonlar delegasiyasi O‘zbekistonga keladi

O‘zbekiston investisiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Fransiya elchisi Aureliya Bushez bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 202 yil noyabr oyida Fransiyaga tashrifi chog‘ida erishilgan umumiy qiymati 6 milliard yevrodan ortiq savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va moliyaviy hamkorlik doirasidagi ustuvor loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvlar bajarilishining bugungi holati ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, MEDEF International Fransiya tadbirkorlar harakati tarkibiga kiruvchi kompaniyalar vakillaridan iborat Fransiya savdo bo‘yicha delegat vaziri Oliver Besht boshchiligidagi delegasiyaning aprel oyida O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifi kun tartibi ham muhokama qilindi. Tashrif dasturiga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 9-yig‘ilishi va ishbilarmon doiralarining vakillari ishtirokidagi biznes-forum o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi aniq investisiyaviy va savdo bitimlarini nazarda tutgan holda rejalashtirilgan tadbirlarni amaliy mazmun bilan boyitish yuzasidan birgalikda ish olib borishga kelishib oldilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!