Fransiyaning eng shaharlarida to‘rt haftaga komendantlik soati joriy etildi

Fransiyaning eng shaharlarida to‘rt haftaga komendantlik soati joriy etildi

Fransiya Prezidenti Emmanuyel Makron Parij va mamlakatning eng yirik shahrlarida komendantlik soati joriy etishni buyurdi. Bu koronavirusning ikkinchi to‘lqini kamaytirishga yordam berishi kerak.

Komendantlik soati 17 oktyabr, shanba kundan soat 21:00 dan 06:00 gacha kamida to‘rt haftaga joriy etiladi. Poytaxtdan tashqari, kasallanish bilan bog‘liq vaziyat yaxshi bo‘lmagan sakkizta yirik shahrida cheklovlar joriy etildi: Marsel, Lion, Lill, Grenobl, Tuluza, Monpele, Ruan hamda Eks-an-Provans.

Komendantlik soati paytida restoranlar yopiladi va shaxsiy tashriflar taqiqlanadi, ammo jamoat transporti to‘xtamaydi. Qoidabuzarlik uchun jarima 135 yevroni tashkil qiladi.

Allaqachon Fransiya bo‘ylab koronavirusning ikkinchi to‘lqini tarqalmoqda, bu esa rasmiylardan yangi choralarni talab qildi, dedi Makron 14 oktabr kuni televizion murojaatida. "Vaziyat nazorat ostida, ammo qo‘rqinchli", - deydi u. Rasmiylar iqtisodiyotni yopmoqchi emas: "maktablar va universitetlar ochiq bo‘lishi kerak, fuqarolar normal ishlashlari kerak".

67 million aholisi bo‘lgan Fransiyada oktyabr oyida kunlik kasallanish 20 mingdan oshdi, bu aprel oyining eng yuqori ko‘rsatkichidan yuqori.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!