Fransiyadagi AESda yong‘in yuz berdi

Fransiyadagi AESda yong‘in yuz berdi

Fransiyadagi atom elektr stansiyasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Fransiyaning markaziy qismidagi Chinon atom elektr stansiyasida shanbaga o‘tar kechasi yong‘in sodir bo‘lgan, ikkita energoblokning ishlashi keyingi ogohlantirishgacha to‘xtatilgan.

Yong‘in 3-energoblokda sodir bo‘lgan, u yerda noma’lum sabablarga ko‘ra asosiy transformator yonib ketgan va yong‘inni o‘chirish tizimi ishga tushgan. Stansiya rahbariyatining ma’lum qilishicha, yong‘in o‘chirilgan, aholi va atrof-muhit uchun hech qanday xavf yo‘q, chunki yong‘in “yadroviy zonadan tashqarida” sodir bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!