Fransiyada tezkor operasiya: polisiyachilar halok bo‘ldi

Fransiyada tezkor operasiya: polisiyachilar halok bo‘ldi

Fransiyaning markaziy qismidagi Pyui-de-Dom departamentida hujum natijasida uch polisiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda AFP axborot agentligi tvitterda xabar berdi.

Hujumda o‘qotar qurol ishlatilgani ma’lum. Kamida yana bir polisiyachi yaralangan. Ma’lumot Fransiya huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan tasdiqlangan, ular operasiya hali ham davom etayotganini aytishgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, polisiya oilaviy zo‘ravonlik chaqiruvi bilan kelgan. 48 yoshli erkak voqea joyida paydo bo‘lgan tartib posbonlariga qarata o‘q uzgan. Ularni chaqirgan ayol uyning tomiga yashiringan, u hech qanday zarar ko‘rmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!