Fransiya Ukrainaga yana 12 ta Caesar o‘ziyurar qurolini beradi

Fransiya Ukrainaga yana 12 ta Caesar o‘ziyurar qurolini beradi

Fransiya mudofaa vaziri Sebastyan Lekornu Fransiya Ukrainaga yana 12 ta « Caesar» o‘ziyurar gaubisalarini topshirishini ma’lum qildi, bu avvalroq berilgan 18 tadan tashqari.

Sebastyan Lekornu seshanba kuni Parijda Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov bilan uchrashuvdan so‘ng o‘tkazgan matbuot anjumanida o‘ziyurar qurollar yaqin haftalarda Ukrainaga yetkazilishini aytdi.

Caesar - 155 mm kalibrli va 40 km gacha bo‘lgan masofaga ega bo‘lgan juda harakatchan g‘ildirakli o‘ziyurar gaubisa.

AFP agentligi eslatganidek, Daniya Ukrainaga o‘zida mavjud bo‘lgan 19 ta Caesarni berishga va’da bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!