Fransiya rasmiylariga TikTok yoki Netflix kabi mobil ko‘ngilochar ilovalardan foydalanish, shuningdek, Candy Crush o‘ynash taqiqlandi

Fransiya rasmiylariga TikTok yoki Netflix kabi mobil ko‘ngilochar ilovalardan foydalanish, shuningdek, Candy Crush o‘ynash taqiqlandi

Fransiya rasmiylariga TikTok yoki Netflix kabi mobil ko‘ngilochar ilovalardan foydalanish, shuningdek, Candy Crush o‘ynash taqiqlandi.

Cheklovlar vazirlik va idoralarning ikki yarim million xodimining ofis qurilmalariga ta’sir ko‘rsatdi. Hukumat o‘z qarorini kiberxavfsizlik bilan bog‘liq xavflar bilan izohladi.

Oq uy, Yevropa komissiyasi, Britaniya va Kanada rasmiylari allaqachon o‘z rasmiylarini Xitoy videoxizmatini o‘chirib tashlashga majbur qilishgan. TikTok rahbariyati o‘z o‘rnida, Xitoy razvedkasi bilan hamkorlik qilish haqidagi shubhalarni bir necha bor rad etgan.

Parijda esa hukumat yanada "qat’iyroq" qaror qabul qilishdi: kelib chiqishidan qat’i nazar, barcha ko‘ngilochar ilovalar taqiqlandi.

Politico nashrining yozishicha, bundan bir necha kun avval fransuz parlamentarlariga Amerikaning Whatsapp va Signal messenjerlarini, shuningdek, Pavel Durov tomonidan yaratilgan Telegram'ni ofis telefonlariga o‘rnatmaslik tavsiya qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!