Fransiya elchisi o‘z missiyasini yakunladi

Fransiya elchisi o‘z missiyasini yakunladi

Kecha, 22 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Fransiya Respublikasining mamlakatimizdagi faoliyatini yakunlayotgan Favqulodda va Muxtor Elchisi Violen Biyet de Vilmorni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida Vazir elchining muvaffaqiyatli faoliyatini yuqori baholadi va uning ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

O‘z navbatida, elchi O‘zbekiston rahbariyati va Tashqi ishlar vazirligiga Fransiya diplomatik missiyasi rahbari sifatidagi faoliyatini amalga oshirishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!