FRANCHIZING EXPO UZBEKISTAN haftaligi doirasida xalqaro franshizalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

FRANCHIZING EXPO UZBEKISTAN haftaligi doirasida xalqaro franshizalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Bugun International mehmonxonasida xalqaro franshizalarga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.

Unda turli soha spikerlar o‘zlarning biznesi, faoliyati haqida ko‘plab ma’lumotlar berishdi. Xalqaro ko‘rgazma xorijning Rossiya Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va Belarussiya kabi 10 dan ortiq davlatlaridan kelgan va mamlakatimizning 100 dan ortiq;

>Restoran biznesi

>Oziq-ovqat chakana savdosi

>Moda kiyimlarini chakana savdosi

>Ishlab chiqarish

>Ta’lim

>Go‘zallik va salomatlik

Ko‘chmas mulk franshizalari bilan tanishish imkonini berdi. .

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston iqtisodiyoti assambleyasi, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi. O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarussiya Franchayzing assotsasiyalari bilan birgalikda 15 martdan 18 martgacha Toshkentda Franchising Week Uzbekistan franchayzing FRANCHIZING EXPO UZBEKISTAN haftaligi bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, Franchising Week Uzbekistan haftaligida Franchayzing bozori bilan ishlaydigan 30 dan ortiq xalqaro ekspertlar eng dolzarb mavzular muhokamasi va o‘z tajribalari bilan bo‘lishadilar.

◆ FRANCHIZING EXPO UZBEKISTAN - bu yangi franchayzilarni topish va franchayzing afzalliklari haqida shaxsan suhbatlashish imkoniyatidir.

- franshizani rivojlantirishning barcha bosqichlarini tahlil qilishda biznesda e’tibor qaratishingiz va e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak bo‘lgan jihatlar, buning uchun nimalar qilishingiz kerak, hamda nima uchun mutaxassislarni chaqirish yaxshiroq;

- rivojlanishni to‘xtatadigan, yoki franshiza tarmoqlarini o‘ldiradigan eng keng tarqalgan xatolarni, frashizani yaratishda ushbu xatolardan qanday qochish kerakligini;

- intellektual mulkingizni qanday himoya qilishni, manfaatlaringizni maksimal darajada himoya qiladigan shartnomani qanday tayyorlashni;

- franshiza reklama kanallari va samarali savdo algoritmini o‘rganib olasiz.

Eslatib o‘tamiz, 15 mart-Franchayzi Akademiyasi (Franshiza sotib oluvchilar uchun)

16 mart - FRANCHIZING EXPO UZBEKISTAN

17-18 mart - Franchayzerlar Akademiyasi (Franshiza sotadiganlar) ko‘rinishida davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!