Forbes reytingida dunyoning eng boy odami bir soat ichida ikki marta o‘zgardi

Forbes reytingida dunyoning eng boy odami bir soat ichida ikki marta o‘zgardi

Tesla va SpaceX asoschisi va yaqinda Twitter ijtimoiy tarmog‘ining egasi Ilon Mask Forbes jurnalining eng boy odamlari ro‘yxatidagi o‘rnini ikki marta boy berdi.

Endi u fransiyalik LVMH guruhi prezidenti Bernard Arnodan keyingi o‘rinda. Bu haqda Kazinform BBCga tayanib xabar beradi.

Chorshanba kuni soat 15:30 dan 16:30 gacha Maskning boyligi 185,1-185,8 dollarni, Arnonniki esa 185,3-185,7 dollarni tashkil qilgan. Bu vaqt ichida Arno ikki marta birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Mask ilk bor 2021 yil bahorida Forbes jurnalida milliarderlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. O‘shanda uning boyligi 219 milliard dollarga yetgan va Amazon asoschisi Jeff Bezosdan o‘zib ketgan, uning boyligi Forbes 171 milliard dollarga baholangan. O‘shanda fransuz tadbirkori Bernard Arno uchinchi o‘rinda edi. U birinchi marta 2020 yilda «kuchli uchlikka kirdi» – o‘shandan beri, Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Arno oilasining boyligi ikki barobardan ko‘proqqa oshgan (76 milliarddan 158 milliard dollargacha).

Maskning «pasayishi» milliarder joriy yilning bahorida Twitterni 44 milliardga sotib olish taklifi bilan chiqqanidan keyin Tesla aksiyalari qiymatining keskin tushib ketgani bilan izohlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!