Fojia! Bog‘cha bolalari mashina ostida qoldi

Fojia! Bog‘cha bolalari mashina ostida qoldi

Yaponiyaning Osu shahrida avtomobil sayr qilib yurgan bir guruh 2-3 yashar bog‘cha bolalarini bosib ketdi. Oqibatda ikki nafari voqea joyida halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mashina avvaliga boshqa transportlar bilan to‘qnashib, boshqaruvni yo‘qotgan va bolalar ketayotgan yo‘lakka o‘tib ketgan.

Hodisa natijasida 15 kishi kasalxonaga yotqizildi: 13 nafar bola va ikkita tarbiyachi. Shifokorlar jabrlanganlarning to‘rt nafari hushiga kelmagani va ularning ahvoli og‘ir ekanini aytishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!