Fitoterapiya qaysi kasalliklarda samarali ta’sir qiladi?

Fitoterapiya qaysi kasalliklarda samarali ta’sir qiladi?

Guli Shayxova,
Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh nutrisiologi:

— Shifobaxsh o‘simliklar qadimdan tibbiy muolajalarning asosiy quroli bo‘lib kelgan. Zamonaviy tibbiyotda ham dori preparatlarining 45 foizi o‘simliklardan ajratib olinadi.

Fitoterapiyada har bir o‘simlik o‘ziga xos tarzda og‘riqni qoldiruvchi, tetiklashtiruvchi, tinchlantiruvchi, yurak faoliyatini yaxshilovchi, gipotenziya va gipertenziya, yallig‘lanishga qarshi, balg‘am ko‘chiruvchi va terlatuvchi kabi qator ta’sirlarga ega.

Ayniqsa, oshqozon-ichak faoliyatida ishtaha ochish, ovqat hazm qilish va ich surishda samarali qo‘llanib kelinmoqda.

Bundan tashqari, qon ketishini va ivishini kamaytiruvchi, bakteriyalarni o‘ldiruvchi fitoterapiya mahsulotlari ham keng foydalaniladi.

Bugungi kunda fitoterasiyaning shifobaxsh xuusiyatlari qator kasalliklarni davolashda qo‘l kelmoqda:
📌gastrit;
📌oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi;
📌xolesistit;
📌kolit va enterokolit;
📌piyelonefrit;
📌neyrosirkulyar distoniya;
📌nevroz va asteniya shular jumlasidandir.

Shifobaxsh o‘simliklar natijasida moddalar almashinuvi va qon tarkibidagi xolesterin miqdorini me’yorlashtiradi.

O‘z navbatida, arterial qon bosimi bir me’yorda bo‘lishi, yurakda va bosh miyada qon aylanishi yaxshilanishi, asablarni bo‘shashtirib uyqusizlikni bartaraf etish ham fitoterapiyaning ijobiy samaralaridandir.

Iste’mol qilinadigan ko‘katlar va ziravorlar organizmga qo‘shimcha quvvat beradi. Agar fitoterapiya o‘z o‘rnida qo‘llanilsa, qo‘shimcha muolaja sifatida rivojlanish xavfi bo‘lgan kasalliklarni boshlanmasdan bartaraf etish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!