Firibgarlar "Salom, iltimos, so‘rovnomada menga ovoz bering, men 4-raqamdaman" havolasini yubormoqda

"Telegram" messenjerining turli kanal va guruhlarda TAKRORAN tarqatilayotgan soxta havola, Sizning akkauntingizni egallab olish maqsadida, Sizga "Salom, iltimos, so‘rovnomada menga ovoz bering, men 4-raqamdaman" havolasini yuborishadi. Agar telefon raqamingizni va sizga kelgan kodni kiritsangiz, akkauntingiz firibgar boshqaruviga o‘tadi va o‘zingizni akkauntingizdan chiqarib yuboradi.
Ogoh bo‘ling! Bu soxta havolaga ma’lumotlaringizni kiritmang.
⏺ Ikki bosqichli autentifikasiyani o‘rnating;
⏺ Sms-xabarnomada kelgan raqamlarni hech kimga taqdim etmang;
⏺ Messenjerning "qurilmalar" bo‘limidagi "Faol seanslarni" tekshiring, boshqa qurilmalar faoliyatini to‘xtating.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)