Finlyandiya prezidenti: Rossiya ikkita urush olib bormoqda. Biri Ukrainadagi kinetik, ikkinchisi esa Yevropadagi gibrid urushdir
Finlyandiya prezidentining aytishicha, Rossiya ikkita urush olib bormoqda. Biri Ukrainadagi kinetik, ikkinchisi esa Yevropadagi gibrid urushdir.
Aleksandr Stubb mamlakatning NATO'ga sodiqligini ta’kidladi, shuningdek, Ukraina Shimoliy Atlantika ittifoqiga albatta qo‘shilishi kerakligini qayd etdi.
"Ukraina oxir-oqibat baribir NATO'ga a’zo bo‘ladi, qachonligini bilmayman, ammo alyansga qo‘shilish taklifi muqarrar bo‘lishi kerak", —deya fikr bildirdi siyosatchi.
Finlyandiyaning harbiy strategiyasini ta’riflar ekan, Stubb mamlakat havoda, quruqlikda va dengizda zamonaviy raketa tizimlariga ega ekanligini, ular “doimo Rossiyani tiyib turishga xizmat qilganini” ta’kidladi.
"Menimcha, biz NATO uchun xavfsizlikka muhtoj emas, aksincha yetkazib beruvchimiz. Shuning uchun biz ittifoqqa bunday tez qo‘shila oldik. Rossiya bilan o‘rtamizda 1340 kilometrlik chegaramiz bor va biz NATO doirasida Rossiyaning har qanday tajovuzini qaytarish uchun hamma narsa qilamiz. Biz har qanday kiberhujumlar, sabotaj, axborot urushlarini qaytarishga tayyormiz", —deya ta’kidladi Stubb.