Rossiyada ijod qilib kelayotgan o‘zbekistonlik taniqli aktyor Farhod Mahmudov "O‘zbekkino" MA bilan hamkorlikda "Pari sovg‘asi" deb nomlangan film suratga oladi. Ushbu film 6 yoshdan katta bo‘lgan bolalar auditoriyasiga mo‘ljallangan bo‘lib, ertak janridagi kartina hisoblanadi.
- Hozir suratga olish uchun tayyorgarlik jarayoni ketyapti, suratga olish esa bahorda rejalashtirilgan. Lekin film uchun aktyorlarni tanlash noyabr oyida boshlanadi. Filmda rus aktyorlari ham, o‘zbek san’atkorlari ham ishtirok etadi, - deydi aktyor.
Tasvirga olish ishlari Buxoro, Samarqand va Xivada bulib o‘tishi rejalashtirilgan. Ushbu film "VEGA" kinokompaniyasi va "O‘zbekkino" MAning hamkorlikdagi mahsuloti. Loyiha so‘nggi yillardagi Rossiya va O‘zbekistonning ilk jiddiy va to‘laqonli qo‘shma kinomahsuloti bo‘lishi kutilmoqda.
- Agar bu birinchi tajribamiz muvaffaqiyatli chiqsa, "O‘zbekkino" bilan birgalikda va Rossiya Madaniyat vazirligi ko‘magida navbatdagi loyihalarimizni amalga oshirishda davom etamiz - deya ko‘shimcha qildi Farhod Mahmudov.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Саудиялик машҳур спорт журналисти ва телебошловчи Валид Ал Фараж "Ал Наср" ҳужумчиси Криштиану Роналдунинг охирги вақтлардаги хатти-ҳаракатларига кескин муносабат билдирди.
Ижтимоий тармоқларда "Кийим-кечак дўкони рекламаси одоб-ахлоқ меъёрларига мос келмайдиган тарзда жойланиб, миллий ва оилавий қадриятларга зид образ ва ибораларда берилгани...” жамоатчилик томонидан кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.
Кубада жиддий ёқилғи танқислиги кузатилмоқда ва таъминот тўлиқ тўхтаса, орол инфратузилмаси учун ҳалокатли оқибатларга олиб келиши мумкин, деб ёзади The Guardian.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Туркия Республикасига расмий ташрифи доирасида мамлакатимиз Биринчи хоними Зироат Мирзиёева Туркия Биринчи хоними Эмине Эрдоған билан биргаликда “Анқара Палас” музейи билан танишди.