Farg‘onada o‘zini nogiron ko‘rsatib, tilanchilik qilgan ikki yigit qamaldi

Farg‘onada o‘zini nogiron ko‘rsatib, tilanchilik qilgan ikki yigit qamaldi

Ular sog‘lom bo‘lsa-da, nogironlik aravachasiga o‘tirib, tilanchilik qilishgan.

Farg‘ona shahrida firibgarlik yo‘li bilan tilanchilik qilayotgan yigitlar aniqlanib, jazoga tortildi. Bu haqda "Zamon" informasion dasturida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, asli buxorolik bo‘lgan ikki yigit sog‘lom bo‘lsa-da, dorixonadan nogironlik aravachasi xarid qilishgan. Ulardan biri aravachada, ikkinchisi unga hamrohlik qilib jamoat joylarida navbati bilan tilanchilik qilishgan.

Holat hududda xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimlarining e’tiborini tortgan va ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi yigitlarning har biriga MJtKning 188-3 moddasi (tilanchilik qilish) 1-qismi bilan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!