Farg‘onada sabzavot yetishtiruvchi fermerlarni paxta terimiga majburiy jalb etishning oldi olindi

Farg‘onada sabzavot yetishtiruvchi fermerlarni paxta terimiga majburiy jalb etishning oldi olindi

Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani hokimligining Qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi S.Shukrullayev paxta terimi munosabati bilan tuman hududidagi sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga har gektar yer maydoni uchun bir nafardan terimchi topib berish shartini qo‘ygani aniqlandi. Bu haqda «Kun.uz»ga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona viloyati prokuraturasiga Uchko‘prik tumanidagi «Qoraboyev Valijon Barnoxon» sabzavotchilikka ixtisoslashgan  fermer xo‘jaligi ishchisi S.Valiyev tomonidan murojaat kelib tushgan. Unga ko‘ra, tuman hokimligi vakili Shukrullayev tuman mansabdor shaxslarining aniq ko‘rsatmalari bo‘lmagan holda, fermerliklar vakillariga qo‘ng‘iroq qilib, fermerlar har gektar maydoni hisobiga bir nafardan terimchi jalb etishi haqida topshiriq bo‘lganini aytgan.

Farg‘ona viloyati prokuraturasi mazkur holatga e’tibor qaratgan va qisqa vaqt ichida tegishli chora ko‘rilgan.

Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘ining 52-sonli buyrug‘iga asosan fermerlarga asossiz talab qo‘ygan Shukrullayevga nisbatan «hayfsan» intizomiy chorasi berilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahamasining 30.08.2018 yilgi 703-sonli Qarori 2-bandida paxta-yig‘im terimida ish kuchi yetishmovchiligi mavjud bo‘lganda tuman hokimliklari va tuman fermer kengashlarining buyurtmalariga asosan bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan qo‘shimcha terimchilar ixtiyoriy ravishda jalb etilishi belgilangan.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!