Evropa NATO resurslaridan foydalangan holda Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yuborish imkoniyatini o‘rganmoqda

Nashr manbalariga ko‘ra, Yevropa NATO'ning qo‘mondonlik va nazorat tuzilmalari, umumiy razvedka imkoniyatlari va kuzatuv vositalaridan foydalanish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Gap, xususan, uzoq masofali radiolokasion kuzatuv va nazorat imkonini beruvchi E-3 Awacs samolyotlari haqida ketmoqda.
Bu g‘oya shuningdek, AQShni bilvosita tashabbusga jalb qilish va Vashingtonning “zimdan qo‘llab-quvvatlovini” olish imkoniyati sifatida ham baholanmoqda, chunki Yevropadagi Qo‘shma Shtatlar harbiy salohiyati alyans operasiyalarining ajralmas qismi hisoblanadi.
"Agar biz Ukrainaga o‘nlab mamlakatlarning kuchlari va texnikalarini joylashtirmoqchi bo‘lsak, NATO biz foydalanishimiz mumkin bo‘lgan yagona qo‘mondonlik va nazorat variantidir", — dedi rasmiylardan biri.
"Siyosatchilar va diplomatlar bu kabi ishlarni boshqarish nimani anglatishini bilishmaydi. Buning uchun harbiylar zarur", — deya tushuntirdi boshqa bir rasmiy.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “xohlovchilar koalisiyasi”ning navbatdagi yig‘ilishi Bryusseldagi NATO shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tadi.