Evropa Ittifoqi Ukraina kuchlarining Kursk viloyatidagi harakatlariga qarshi emas
Evropa Ittifoqi Ukraina kuchlarining Kursk viloyatidagi harakatlariga qarshi emas, - deydi Yevropa komissiyasining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha vakili Piter Stano.
The Wall Street Journal'iga ko‘ra Ukraina Rossiya hududiga hujum boshlangani haqida AQShni xabardor qilmagan. Shu bilan birga, The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Rossiya hududidagi harbiy amaliyotlarda AQSh va boshqa G‘arb davlatlari yetkazib bergan qurollardan foydalaniladi.
AQSh Ukraina bilan Kursk viloyatidagi harbiy amaliyotlar yuzasidan aloqada va Kiyevning hujumini o‘zining suveren qarori deb biladi, dedi Davlat departamenti.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)