Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi

Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi

Iyul oyida o‘z kuchini yo‘qotishi kerak bo‘lgan cheklovlar 2019 yilning 31 dekabriga qadar uzaytirildi.

Bu qaror Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Angela Merkelning Yevropa kengashida 28—29 iyun kunlari so‘zlagan nutqlaridan keyin qabul qilingan. Unda Minsk kelishuvlarining bajarilishi haqida gap borgan, sanksiyalar ham aynan shu kelishuvlar bilan bog‘liq.

Rossiya TIV tomonidan qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi sanksiyalarni uzaytirish orqali Rossiya bilan munosabatlardagi o‘z yondashuvini qayta ko‘rib chiqish imkonini boy berdi.

Manba: daryo.uz
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!