Evro-2024'da ishtirok etadigan 16 ta terma jamoa nomi allaqachon aniq bo‘lib ulgurdi

Evro-2024'da ishtirok etadigan 16 ta terma jamoa nomi allaqachon aniq bo‘lib ulgurdi

Shanba oqshomida Yevro-2024 saralashining yana bir qator uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ularning natijalariga ko‘ra, qit’a futbol forumiga yana uchta yo‘llanma egasi aniq bo‘ldi - ular Niderlandiya, Ruminiya va Shveysariya terma jamoalari.

Hozirda Yevro-2024'ga yo‘llanmani rasmiylashtirgan terma jamoalar ro‘yxati quyidagicha:

Germaniya (mezbon), Belgiya, Fransiya, Portugaliya, Ispaniya, Shotlandiya, Turkiya, Avstriya, Angliya, Vengriya, Slovakiya, Albaniya, Daniya, Niderlandiya, Ruminiya, Shveysariya.

Yaqin kunlarda saralash turnirining so‘nggi o‘yinlari natijalariga ko‘ra, Yevropa chempionatiga yana beshta yo‘llanma o‘ynaladi. So‘nggi uchta chipta esa bahorda - pley-offda o‘z egasini topadi.

Evropa chempionati iyun-iyul oylarida bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!