O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori Jujanna Hargitay bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Suhbatda YETTB ishtirokidagi joriy investisiya loyihalarini amalga oshirish jarayoni va hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Joriy yilning may oyi boshida YETTB bilan birgalikda Toshkent xalqaro investisiya forumi doirasidagi xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishini yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy masalalar yuzasidan kelishib olindi.
Qayd etish lozim, YETTB portfeliga suv ta’minoti va oqova suvlarni tozalash, energetika, markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti, transport, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash sohalarida umumiy qiymati 391,3 million yevrolik 16 ta yakunlangan loyiha, shuningdek, umumiy qiymati 3 milliard yevro bo‘lgan 15 ta hozirgi kunlarda amalga oshirilayotgan loyiha kiradi.
Shu bilan birga, suv ta’minoti, ta’lim, energetika, yo‘llarni rekonstrusiya qilish, transport va qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash sohalarida 815 million yevrolik 8 ta loyiha ishlab chiqilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.