Ertadan Toshkent Botanika bog‘i yopiladi

Ertadan Toshkent Botanika bog‘i yopiladi

Toshkent Botanika bog‘i tashrif buyuruvchilar uchun o‘z faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatadi. Bu haqda O‘zR FA Axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akad. F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘ida 2022-2023 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rilishi va uning o‘tkazilishi munosabati bilan joriy yil 5 avgustdan 20 avgustga qadar tashrif buyuruvchilar uchun o‘z faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatadi, deyiladi e’londa.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!