Eronning Parijdagi elchisi Fransiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi

Eronning Parijdagi elchisi Fransiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi

Eronning Parijdagi elchisi Muhammad Amin-Nejad mamlakati Isroilga havo hujumi uyushtirgani ortidan Fransiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.

Fransiya Tashqi ishlar vazirligidan berilgan bayonotga ko‘ra, vazirlikka chaqirilgan elchi Amin-Nejadga Fransiyaning Eronning 13 aprelga o‘tar kechasi Isroilga uyushtirgan havo hujumini qoralagani ma’lum qilindi.

Fransiya Tashqi ishlar vazirligining qayd etishicha, Eronning «mas’uliyatsiz» hujumi «hech kimning manfaatiga to‘g‘ri kelmaydigan yong‘in xavfini keltirib chiqardi».

Eron «Fransiya hamkori Isroil xavfsizligi va mintaqaviy barqarorlikka tahdid soluvchi jiddiy va misli ko‘rilmagan harakatlari»ni to‘xtatishga chaqirildi.

Niderlandiya, Germaniya va Belgiya ham Eronning o‘z mamlakatlaridagi elchilarini vazirlikka chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!