Eronda 30 nafar siyosiy mahbus ayollar hukumatga talab qo‘ydi

Eronda 30 nafar siyosiy mahbus ayollar hukumatga talab qo‘ydi

Erondagi 30 nafar siyosiy mahbus ayol mamlakatda namoyishchilarni qatl qilishni to‘xtatishni talab qilib petisiya topshirdi.

«Biz, Evin qamoqxonasining ayollar bo‘limining siyosiy va mafkuraviy mahbuslari, namoyishchilarni qatl etishni to‘xtatishni va Erondagi mahbuslarga nisbatan adolatsiz hukmlarga chek qo‘yishni talab qilamiz», — deyiladi hujjatda.

Ayollarning so‘zlariga ko‘ra, adolatsiz va shaffof bo‘lmagan tartib-qoidalar tufayli ular jami 124 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

«Turli diniy va siyosiy kelib chiqishiga qaramay, biz qatllarga "yo‘q" deyish uchun birlashdik. Biz odamlarning adolatda yashash huquqini himoya qilamiz», - deyiladi petisiyada.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!