Eron Ukrainadagi aviahalokat qurbonlarining yaqinlariga katta to‘lov beradi

Eron Ukrainadagi aviahalokat qurbonlarining yaqinlariga katta to‘lov beradi

Eron hukumati qariyb bir yil avval urib tushirilgan Ukrainaga qarashli yo‘lovchi samolyoti qurbonlarining oilalariga tovon puli to‘laydigan bo‘ldi. IRNA agentligining xabar berishicha, har bir oila tez orada 150 ming dollardan oladi. 

“To‘lov bo‘yicha vazifa Yo‘llar va shahar rivojlanishi vazirligiga topshirildi. To‘lov aviahalokatga bir yil to‘lmasidan oldin amalga oshiriladi. Eron hukumati yo‘lovchilarning irqi yoki millatidan qat’i nazar, xalqaro me’yorlarga muvofiq pul to‘laydi”, – dedi huquqiy masalalar bo‘yicha Eron vise-prezidenti Laya Jonaydi.  

Eslatib o‘tamiz, “Ukraina xalqaro avialiniyasi” kompaniyasining Tehrondan Kiyevga yo‘l olgan Boeing 737-800 samolyoti 2019 yilning 8 yanvarida urib tushirilgan edi. Bortdagi 176 kishining bari halok bo‘lgan. Hodisadan bir necha kun o‘tib, Eron samolyotni yanglishlik bilan urib tushirganini tan oldi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!