Eron terrorizmga qarshi kurashda Rossiya bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi

Eron terrorizmga qarshi kurashda Rossiya bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi

Eron birinchi vise-prezidenti Muhammad Moxber 22 mart kuni Moskvada sodir etilgan teraktni qoralab, Tehron terrorizmga qarshi kurashda Moskva bilan hamkorlikni kuchaytirishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda IRNA nashri xabar berdi.

“Dunyoning istalgan nuqtasida terrorizm va begunoh fuqarolarning o‘ldirilishi qoralanadi va bu jinoyatni sodir etgan yoki qo‘llab-quvvatlagan har qanday hukumat yoki guruh xalqaro sudlarda ta’qib qilinishi va jazoga tortilishi kerak”, — degan Muhammad Moxber Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinga yo‘llagan maktubida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!