Eron Isroilning kasalxonaga hujumini qoraladi

Eron Isroilning kasalxonaga hujumini qoraladi

Eron Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Nosir Kanoniy Isroil rejimining G‘azo shahridagi Al-Shifo kasalxonasiga uyushtirgan vahshiyona hujumini keskin qoraladi. Bu haqda IRNA nashri xabar berdi.

“Afsuski, sionistik rejim barcha xalqaro qonun va qoidalarni buzgan holda shifoxonaga hujum uyushtirib, tibbiyot xodimlari, bemorlar va yaradorlarni qirg‘in qilishi, yarador qilishi yoki asirga olishiga dunyo birinchi marta guvoh bo‘layotgani yo‘q”, — degan Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi.

Nosir Kanoniyga ko‘ra, xalqaro gumanitar huquq doirasida himoya qilinishi kerak bo‘lgan tibbiyot muassasalariga hujum qilish xalqaro inson huquqlari va insonparvarlik tamoyillarining qo‘pol ravishda buzishdir. Buni sodir etganlar jazosiz qolishi kerak emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!