Eron gipertovushli raketa yaratilishini e’lon qildi

Eron gipertovushli raketa yaratilishini e’lon qildi

Eron tez orada yangi gipertovushli raketani taqdim etadi. Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi ayerokosmik kuchlari qo‘mondoni general Amirali Hojizoda ma’lum qildi.

“Ushbu raketaning sinovlari o‘tkazildi va u tez orada taqdim etiladi”, — deya Hojizoda so‘zlarini keltiradi IRIB.

Zarba tizimining yaratilishini Eron harbiy sanoatida “katta sakrash” deb atagan qo‘mondon raketa 15925 km/soat tezlikda, shu jumladan yer atmosferasidan tashqarida ham manevr qilishi, dushman havo mudofaasini chetlab o‘tishi mumkinligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!