Eron atom bombasini yaratish uchun yetarli darajada boyitilgan uranga ega bo‘lishiga “oylar emas, haftalar” qoldi

Eron atom bombasini yaratish uchun yetarli darajada boyitilgan uranga ega bo‘lishiga “oylar emas, haftalar” qoldi

Eron atom bombasini yaratish uchun yetarli darajada boyitilgan uranga ega bo‘lishiga “oylar emas, haftalar” qoldi

Bu haqda 22 aprel kuni Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi DW nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Eronning uranni boyitish darajasi deyarli yadroviy qurol yaratish uchun zarur bo‘lgan darajaga yetayotgani xavotir uyg‘otsa-da, Eronda bunday qurollar allaqachon bor, degan xulosaga kelish mumkin emas", — deya qo‘shimcha qildi Grossi.

MAGATE rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ishlaydigan yadroviy kallakni yaratish boyitilgan uran ishlab chiqarishdan tashqari, “ko‘p boshqa narsalarni” talab qiladi, masalan, sinovlarni.

"Eronning mamlakatga “tibbiy va fuqarolik” maqsadlarda yadroviy texnologiya kerakligi haqidagi kafolatlari boshqa savollarni tug‘diradi. Masalan, bu maqsadlar uchun boyitilgan uranning “shunday hajmlari” va uni ishlab chiqarishning “shunday tezligi” nima uchun kerak? Bunday xavotirlar MAGATE o‘zining eronlik hamkasblari faoliyatini “kerakli darajada ko‘rish” imkoniga ega emasligi sababli kuchaymoqda" — deya tushuntiradi Grossi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!