Erni kuchli magnit bo‘ronlari qoplaydi

Erni kuchli magnit bo‘ronlari qoplaydi

Erni 20 va 21 mart kunlari kuchli magnit bo‘ronlari qoplashi kutilmoqda. Bunday kunlarda hatto sog‘lom odamlar holatida ham o‘zgarishlar kuzatiladi. Bu haqda Meteoagent xabar berdi.

Prognozlarga ko‘ra, ketma-ket K-indeksida 5 balli magnit bo‘roni kuzatiladi. Bu mart oyidagi so‘nggi kuchli magnit bo‘ronlari ekani aytilmoqda. Magnit bo‘ronlari hatto o‘rta kuchga ega bo‘lsa ham, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Magnit bo‘roni salbiy ta’sirining eng keng tarqalgan ko‘rinishlari quyidagilar:

  • bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i;
  • uyqu buzilishi;
  • diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolar;
  • qon bosimning buzilishi;
  • surunkali kasalliklarning kuchayishi;
  • og‘riqlar, shuningdek, bo‘g‘imlardagi og‘riq;
  • ishtaha buzilishi va ko‘ngil aynishi;
  • holsizlik.

Bunday kunlarda organizmga yordam berish uchun kuniga kamida 7-8 soat uxlash maslahat berilgan. Rasiondan yog‘li va achchiq ovqatlarni olib tashlab, kuniga kamida 2 litr suv ichish tavsiya qilinadi. Qahva miqdorini kamaytirib, o‘simliklardan tayyorlangan choy iste’mol qilish kerak.

Shuningdek, kontrastli dush, ertalabki mashqlar, toza havoda yurish, yugurish magnit bo‘roni fonida salomatlikni yaxshilashga hissa qo‘shadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!