Erdo‘g‘an Islom Karimov tashabbusini qaytadan ko‘tardi

Erdo‘g‘an Islom Karimov tashabbusini qaytadan ko‘tardi

Kecha, 25 sentyabr kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasida nutq so‘zladi.
 
So‘zboshida, Turkiya rahbari BMT Xavfsizlik Kengashini isloh qilish va muntazam azolar sonini ko‘paytirish kerakligini takidladi.
 
“Biz ishonamizki, dunyo faqat beshta mamlakatdan iborat emas. Xavfsizlik Kengashida islohotlar amalga oshirilishi kerak”, deb aytib o‘tgan Erdo‘g‘an.
 
Takidlab o‘tish joiz, bundan 23 yil muqaddam O‘zbeksiton Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1995 yilda BMT Bosh Assambleyasida so‘zlagan nutqidayoq Xavfsizlik Kengashini modernizasiya qilish, azolar sonini ko‘paytirish kerak ekani va asosiy nomzodlar Germaniya hamda Yaponiya bo‘lishini malum qilgan edi.
 
Erdo‘g‘an AQSh sanksiyalariga qaramasdan Turkiya Erondan tabiiy gaz sotib olishni davom etishini, shuningdek, Turkiya Falastinni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini va Quddusning tarixiy hamda huquqiy maqomini himoya qilishini takidladi.
 
Suriyadagi harakatlar ijobiy ketmoqda va radikal guruhlar Idlibdagi qurolsizlantirilgan hududni tark etishni boshlagan, deb aytgan Erdo‘g‘an.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!