Pekin universiteti tadqiqotchilari - ilmiy xodim Yi Yang va professor Syaodong Song nufuzli Nature Geoscince jurnalida o‘z taqdqiqotlari natijalarini chop etganlaridan so‘ng, matbuotda Yer yadrosi aylanishdan to‘xtab qolgani haqida xabarlar va shov-shuvlar ko‘paya boshladi. Aslida nima bo‘lmoqda ? Hozir shuni qisqa va sodda tarzda tushuntirishga harakat qilaman!
Sayyoramiz - Yer qobig‘i, mantiya, ichki va tashqi yadrolardan tashkil topgan. Ya’ni, Yer mantiyasi va ichki yadro orasida suyuq tashqi yadro joylashgan va bu holat ichki yadroga Yerning o‘zidan boshqacharoq tezlikda aylanish imkonini beradi. Shunda, Yer tashqi qobig‘i va yadrosi tezliklari holatini quyidagicha sharhlashimiz mumkin:
1. Yer aylanadi, yadro esa undan biroz tezroq aylanadi. Bu taxmiman 2009-yillarga qadar shunday edi.
2. Yer aylanadi, yadro esa u bilan bir xil tezlikda aylanadi. Natijada, Yer sathidagilar uchun yadro to‘xtab qolgandek tuyuladi. Aslida esa, fazoda ikkalasi bir xil tezlikda aylanadi.
3. Yer aylanadi, yadro esa undan biroz sekinroq aylanadi. Natijada, Yer sathidagilar uchun yadro teskari aylanayotgandek tuyula boshlaydi. Aslida ikkalasi ham fazoda bir yo‘nalishda, faqat biroz farqli tezliklar bilan aylanayotgan bo‘ladi.
Avstraliya Milliy universiteti geofiziki Xrvoje Tkalchicning fikricha, aylanish sikli har 20-30 yilda takrorlanadi.
Ilmiy maqolalarni jurnalistikada noto‘g‘ri sharhlash yoki ma’lum bir maqsadlar uchun ataylab buzib ko‘rsatish tufayli turli shov-shuvlar kelib chiqadi. Yer yadrosi to‘xtab qolganligi haqidagi gaplar ham masalaning tub mohiyatiga yetib borilmaganligi tufayli kelib chiqqan shov-shuv, xolos.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.
"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".
Унга биринчи ёрдам кўрсатилиб, вақтинча сақлаш учун вилоят кинология марказига олиб келинган ҳамда алоҳида парваришга олиниб, тиббий кўрикдан ўтказилган.
Таъкидлаш лозимки, гуруҳ етакчиси ва аъзоларининг 4 нафари муқаддам содир этган жиноятлари учун умрининг маълум бир қисмини панжара ортида ўтказган бўлсаларда, ўз хатоларидан тўғри хулоса чиқаришмаган.
Япониянинг Киото шаҳридаги ATR “Computational Neuroscience” лабораторияси томонидан инсон онгининг сирли олами — тушларни ёзиб олиш ва уларни қайта тиклаш бўйича илғор технология ишлаб чиқилди.
Марказ Марказий Осиё минтақасида илмий тадқиқотлар, мутахассисларни тайёрлаш, технологиялар ва тажриба алмашиш, шунингдек, «ёшил» ва барқарор ривожланишни тарғиб қилиш учун платформа бўлади.