Eng chiroyli tramvay yo‘lining yopilishi ortidan jinoyat ishi ochildi

Eng chiroyli tramvay yo‘lining yopilishi ortidan jinoyat ishi ochildi

Rossiyaning eng chiroyli tramvay yo‘nalishi deb nom olgan, Ust-Ilimsk tramvay yo‘nalishi 2022 yilning 22 dekabrida yopilgan edi.

Mahalliy manbaalarga ko‘ra, bunga tramvay parkining va yo‘llarning eskirgani sabab bo‘lgan.

Ust-Ilimsk tramvay yo‘li 1980 yillarda qurib boshlangan va 1988 yilda bitkazilgan. Tramvay yo‘nalishining uzunligi 15 km bo‘lib u kichik shahar markazini shahardan ancha chetda joylashgan sanoat zonasi bilan bog‘lab turgan. Oraliqda esa aholi dachalari joylashgan bo‘lgan. Sovet davrida tuzilgan rejaga ko‘ra shahar ushbu tramvay yo‘nalishi bo‘ylab bosqima-bosqich rivojlanib borishi kerak bo‘lgan.

Birinchi sonli tramvay yo‘nalishi daryo bo‘yi va haqiqiy Tayga o‘rmonlari orqali o‘tgani sababli, chiroyli manzaralar Rossiyaning boshqa shaharlaridan ham sayyohlarni o‘ziga jalb qilgan. Tramvay eng shimoliy tezyurar tramvay sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga ham kirgan.

Tramvay yo‘lining yopilishi mahalliy aholi noroziligiga sabab bo‘ldi. Ular dekabr oyidan buyon minglab imzolar to‘plashdi va hukumatga ko‘plab murojaatlar yo‘llashdi. Shundan so‘ng Rossiya Tergov qo‘mitasi bunga e’tibor qaratishga majbur bo‘ldi. Qo‘mita rahbari Aleksandr Bastrikin 30 yanvar kuni ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi ochilganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!