Energetik ichimliklar tanaga qanday ta’sir ko‘rsatishini bilasizmi?

Energetik ichimliklar tanaga qanday ta’sir ko‘rsatishini bilasizmi?

Energetik ichimliklar me’yoridan ortiq iste’mol qilinganda qonda glyukoza miqdori ko‘payib ketadi. Shakarning ortiqcha qismi yog‘ga aylanadi va insulin organizmda ko‘payib, qandli diabetga olib keladi. Eng yomoni, odam bu ichimlikka beixtiyor bog‘lanib qoladi.

Shifokorlarning ogohlantirishicha, quvvatbaxsh ichimliklar qisqa muddatda organizmga zararli ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Lekin tarkibida ortofosfat kislotasi borligi uchun buni sezmaysiz.

Masalan, 45 daqiqadan so‘ng dofamin ishlab chiqarilishi ortib, bosh miyada rohatlanish, qoniqish markazini qo‘zg‘atadi. 70-80 daqiqadan keyin aks ta’sir qilish vaqti boshlanib, organizmda holsizlik holatlari yuzaga keladi.

Qolaversa, energetik ichimliklar asab tizimini ishdan chiqaradi. Ruhiy kasalliklarga chalinish xavfi ortadi, odamlarda tajovuzkorlik kuchayadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!