Endi navbat Ukrainaga: rus qishloqlari egallab olinmoqda
Chechenistonning «Axmat» maxsus kuchlari qo‘mondoni general Apti Alaudinov Kursk viloyatida «bir nechta aholi punktlari dushman tomonidan bosib olinganini» tasdiqladi.
“Men Axmat maxsus kuchlari bilan birga Kursk viloyatidaman, biz davlatimiz manfaati uchun o‘z vazifamizni bajaramiz. Bir qancha aholi punktlari dushman tomonidan bosib olingan. Bu kuchlarning barchasi yo‘q qilinadi!", deyiladi bayonotda.
Avvalroq Ukraina Kursk viloyatining 350 kvadrat kilometrgacha bo‘lgan hududini egallab olgani haqida xabar tarqatilgan edi. Guyevo, Gornal va Kurilovka egallab olingan.
Bundan tashqari, xabar qilinishicha, Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov favqulodda holat joriy etilishini ma’lum qilgan.