Endi bu fuqarolar Rossiyaga kiritilmaydi

Endi bu fuqarolar Rossiyaga kiritilmaydi

Rossiya hududida yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni to‘lamagan chet el fuqarolari mamlakatga kiritilmaydi.

RIA Novostining yozishicha, bu haqda Rossiya IIV rahbari Vladimir Kolokolsev yo‘l qurilishi bo‘yicha davlat kengashida ma’lum qilgan.

Kolokolsevning so‘zlariga ko‘ra, IIV Federal bojxona xizmati bilan birgalikda maxsus ma’lumotlar axborot bazasini tuzadi.

“Natijada Rossiyadan chiqib ketayotgan chet el fuqarolari tomonidan jarimalar to‘lanishini nazorat qilish hamda ularning majburiyatlarini bajarishdan oldin kirishga vaqtinchalik taqiq qo‘yish imkoni paydo bo‘ladi”, - degan IIV rahbari.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!