Emmanuel Makron O‘yinlar vaqtida “Olimpiada sulhi”ga erishmoqchi

Emmanuel Makron O‘yinlar vaqtida “Olimpiada sulhi”ga erishmoqchi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Parijdagi Olimpiada o‘yinlari davomida butun dunyo bo‘ylab harbiy mojarolarda jangovar harakatlar to‘xtatilishiga umid bildirdi, deb xabar beradi Kazinform agentligi Euronewsga tayanib.

Fransiya OAVlariga bergan intervyusida Makron bo‘lajak yozgi o‘yinlar vaqtida “Olimpiya sulhi”ga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish niyatida ekanini aytdi.

- Biz Olimpiada sulhi ustida ishlamoqchimiz va menimcha, bu men uchun ko‘plab hamkorlarimiz bilan muloqot imkoniyatidir", - dedi u va Xitoy raisi Si Szinpindan bu masalada o‘z ta’siridan foydalanishni so‘rash niyatida ekanligini qo‘shimcha qildi.

- Xitoy rahbari bir necha hafta ichida Parijga keladi va men undan menga yordam berishini so‘rayman, - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, bu yil Olimpiada 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. Fransiyada 205 davlatdan 10 mingdan ortiq sportchi ishtirok etishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda 32 sport turi bo‘yicha 329 ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!